Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqa va o‘zaro munosabat bo‘yicha NATO xodimi Byurosi
Shimoliy atlanika ittifoqi bilan hamkorlik dasturida belgilangan maqsadlarni qo‘llab-quvvatlashda NATO bilan hamkorlik vositalaridan maksimal foydalanishni ta'minlash maqsadida Munosabat va aloqa bo‘yicha NATO xodimi Markaziy Osiyo mamlakatlarining davlat organlari bilan bevosita ish olib boradi.
Munosabat va aloqa bo‘yicha NATO xodimining uncha katta bo‘lmagan shtati, NATOning joylardagi diplomatik vakili vazifasini hamda mudofaani rejalashtirish va tahlil qilish, NATO opersiyalarini qo‘llab-quvvatlash, harbiy ta'lim va tayyorgarlik, fuqarolarni favqulotda rejalashtirish, ekologik va ilmiy hamkorlik, shuningdek, ijtimoiy diplomatiya kabi turli yo‘nalishlar bo‘yicha Markaziy Osiyodagi hamkorlar bilan NATOning amaliy munosabatlarini muvofiqlashtirish ishlarini bajaradi. Munosabat va aloqa bo‘yicha xodim mintaqadagi boshqa xalqaro sub'ektlar, shuningdek, NATO davlatlarining elchixonalari va Birlashgan Millatlar Tashkiloti, yevropa hamkorlik va xavfsizlik Tashkiloti, yevropa ittifoqi va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi missiyalarini muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi.
Qozog‘iston Markaziy Osiyoda munosabat va aloqa bo‘yicha NATO xodimini qabul qilgan birinchi hamkorlardan bo‘ldi. 2013 yilning martidan munosabat va aloqa bo‘yicha NATOning amaldagi xodimi O‘zbekistonda joylashgan bo‘lib, uning Byurosi diplomatik vakolatxona sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.
Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqa va o‘zaro munosabat bo‘yicha NATO xodimi Byurosi
Vazifasi
- NATOning Markaziy Osiyodagi manfaatlarini ifodalash.
- Markaziy Osiyodagi hamkor-davlatlar bilan muzokara va o‘zaro hamjihatlilikni kengaytirish.
- Tinchlik yo‘lidagi Hamkorlik doirasida amaliy hamkorlikka ko‘maklashish
Maqsadlari
- Markaziy Osiyo hukumatlari orasida hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlash uchun NATO, ittifoqdoshlar va ularning sheriklari o‘rtasidagi aloqani qo‘llab-quvvatlash.
- Har bir hamkor davlatning NATO bilan individual hamkorlik dasturida bayon etilgan maqsadlarni qo‘llab-quvvatlash uchun NATO va Markaziy Osiyo hamkorlarining amaliy faoliyatini oshirishda maslahat berish va ko‘maklashish.
- ISAF tranzit masalalari bo‘yicha NATO va ittifoqdoshlarni qo‘llab-quvvtlash.
- Markaziy Osiyodagi hamkor-davlatlarning fuqarolik jamiyatlari bilan o‘zaro munosabatlari bo‘yicha ijtimoiy diplomatiya bo‘yicha chora-tadbirlar o‘tkazish
- Markaziy Osiyodagi boshqa xalqaro sub'ektlar (elchixona, xalqaro tashkilotlar) bilan aloqani o‘rnatish.
- Mintaqadagi NATO va Ittifoqdoshlarning ikki tomonlama va ko‘ptomonlama tadbirlari, tashriflari hamda loyihalariga ko‘maklashish.
Umumiy tashkiliy ma'lumotlar
- Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqa va o‘zaro munosabat bo‘yicha NATO xodimi Byurosi 2013 yilning iyulida akkreditatsiyadan o‘tgan va 2013 yilning avgustidan faoliyat yuritib kelmoqda.
- Amaldagi xodimlar: 4 kishi
- Aloqa va o‘zaro munosabat bo‘yicha / vakolotxona rahbari NATO xodimi (NATO Xalqaro Kotibiyatining xarbiy bo‘lmagan xodimi);
- Tranzit masalalari bo‘yicha xodim (Latviya Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan, xarbiy bo‘lmagan milliy mutaxassis);
- 1 ta jalb etilgan ijrochi yordamchi;
- 1 ta jalb etilgan ma'muriy masalalar bo‘yicha yordamchi/ofis-menedjer.
Bog‘lanish uchun ma'lumotlar:
100084, O‘zbekiston Respublikasi,
Toshkent shahri,
Amir Temur shoh ko‘chasi, 107 B,
Xalqaro Biznes Markazi (11-qavat)
Tel.: +998 (71) 234 45 07
Faks: +998 (71) 234 72 07
E-mail: NLOCentralAsia@hq.nato.int