Markaziy Osiyoda aloqa va o‘zaro munosabat bo‘yicha NATO xodimi Termizdagi yuk terminaliga tashrif buyurdi

  • 03 Feb. 2016 -
  • |
  • Last updated 18-Feb-2016 16:43

3 fevral kuni Markaziy Osiyoda aloqa va o‘zaro munosabat bo‘yicha NATO xodimi Rozariya Pulizi O‘zbekistondagi NATOga a'zo davlatlarning harbiy attashesi va elchilarini Termizdagi avtomobil va temir yo‘l yuk terminaliga tashrif buyurish uchun to‘pladi.

Terminal O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegara yaqinidagi maydonida joylashgan. U, 2012 yilning mayida tuzilgan O‘zbekiston va Alyans o‘rtasidagi tranzit aylanmasi bo‘yicha kelishuv doirasida, NATOga taqdim etilgan yuklash-yuk tushirish ishlari uchun mo‘ljallangan yetti dona qurilma bilan jihozlangan.

Qurilmalar 2014 yilning sentyabr oyida yetkazib berilgan. U, sanchiqli yuklagichlar, kran va kontrabandani aniqlash uchun mo‘ljallangan bir necha dona nazorat komplektlarini o‘z ichiga oladi. Qurilmani o‘rnatish va xodimlarni o‘rgatish 2015 yilning noyabrida o‘tkazilgan edi. 

Afg‘onistondan qaytuvchi tranzit yakunlanganligi munosabati bilan, hozirgi vaqtda mazkur qurilmalardan Afg‘onistonga yuboriladigan va undan keluvchi tijorat yuklarining nazorati uchun foydalanish kutilmoqda. Bular asosan gaz, neft, qurilish materiallari va oziq-ovqat mahsulotlari bo‘ladi. 

Mazkur qurilmalarga deyarli 2 million yevro miqdoridagi mablag‘lar, xavfsizlikni ta'minlashga investitsiyalar kiritish bo‘yicha NATO Dasturi asosida ajratilgan edi.